OXYGENEO
Geneo – bu terini kislorod bilan to‘yintiradigan, terini ichidan oziqlantirish va o‘zgartirish uchun qulay sharoit yaratadigan, RF energiyasi va ultratovush ta’sirida terini taranglashtiradigan, tekislaydigan, va yoshartiradigan yagona apparat metodikasi. Geneo bilan hoziroq uzoq muddatli natijaga erishing. Muolajani har qanday yosh, teri turi va yilning istalgan vaqtida qo‘llash mumkin.
ILG‘OR OKSIGENATSIYA TEXNOLOGIYASI
OxyGeneo patentlangan oksigenatsiya texnologiyasi — bu terini kislorod bilan to‘yintiradigan katalizatordir. Qo‘shimcha kislorod teri hujayralariga Oxypod va Geneo zardoblari tarkibiga kiradigan moddalarni faolroq qabul qilishga undaydi. Ushbu ta’sir tufayli to‘qimalarni yangilash uchun hujayralarning ishi juda ham samarali bo‘ladi.
Geneo’ning 5 ta davolash usuli va 6 xil ta’sir qilish omili bilan siz mijozlaringizning terini parvarishlash bo‘yicha istalgan ehtiyojlarini qondirish uchun eng yaxshi yechimga ega bo‘lasiz. Geneo muolajalari uchun aniq bir muammolarni hal qilishga mo‘ljallangan va muolajalar davomida teriga yuboriladigan tabiiy hamda yuqori samarali moddalar ishlatiladi.
Geneo muolajasi terini kislorod va tabiiy samarali moddalar bilan to‘yintirib, terini jonlantirishi sababli noyob hisoblanadi. Geneo’ning tezkor natijasi – bu toza, nurli teri. Bunday natijani hatto tushlik tanaffusida ham olish mumkin, chunki Geneo oldindan tayyorgarlikni talab qilmaydi va muolajadan keyin tiklanish ham shart emas!
Geneo OxyPod kapsulalari praymer-geli bilan reaksiyaga kirishib, terini kislorod bilan to‘yintirishning tabiiy jarayonini boshlaydi, kapsulalar teri yuzasini mayinlik bilan sho‘ralaydi. OxyPod tarkibida faol bo‘lmagan moddalar saqlanadi, shuning uchun ular zardob shaklida bo‘lganiga qaraganda samaraliroq. OxyPod tarkibida konservantlar, bo‘yoqlar, aromatizatorlar, paraben va glyutenlar mavjud emas. Ushbu kapsulalarni ishlab chiqish davomida hayvonlarda tajribalar o‘tkazilmagan.
Geneo faqat yuz uchun ishlatilmaydi! Geneo’ning har bir protokolidagi samarali moddalar tanadagi husnbuzarlarni davolashda, follikulyar keratozni tinchlantirishda, teri yog‘ini ishlab chiqarilishini tartibga solishda, ajinlarni tekislashda, terini quyosh nuriga tayyorlashda va hokazolarda yordam beradi.
Angela Caglia
Individuallishtirilgan muolajalar
Hech qanday reabilitatsiyasiz
OxyPod kuchi
Boshdan barmoq uchigacha porlang
«Menga hammasidan ham ko‘proq Geneo natijalari yoqadi. Men 25 yildan beri ishlayman, ammo reabilitatsiyasiz bunday samarali muolajani hech qachon ko‘rmaganman. Men mijozlarim doimo Geneo natijalaridan lol qolishlarini yoqtiraman: avvaliga ular hech qanday mo‘jiza kutmaydi, keyin esa ular qanday toza, nurli va tekis teriga ega ekanliklaridan juda ham xursand bo‘lishadi. Endi Geneo — bu mening muolaja xonamdagi maxfiy qurolim.»
«Agar siz hech qanday reabilitatsiya yoki noqulayliksiz tezda toza teriga ega bo‘lishni xohlasangiz, bu O‘SHA! Geneo terini sho‘ralash va kislorod bilan to‘yintirish qobiliyati tufayli mikrodermabraziyadan ustun turadi, bundan tashqari, Geneo – bu yog‘li va jonsiz teriga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan kuchli ingrediyentlar manbai hisoblanadi.»
«Geneo muolajasi – bu yuzni parvarishlash kelajagi va mashhur insonlarning eng sevimli muolajalaridan biridir. Geneo mikrodermabraziya muolajalarini va shunga o‘xshash eski maktab muolajalarining o‘rnini bosishi aniq.»
«Biz terini kislorod bilan to‘yintirish uchun uning eng chuqur qatlamlariga ta’sir o‘tkazamiz. Peptidlar va antioksidantlar terining yangilanishi va holatini yanada yaxshilashi uchun teri qatlamiga chuqurroq kirib borishi juda muhim. Shuning uchun men bemorlarim muolaja xonasidan chiqqanida oladigan dastlabki yorqin va nurli natija juda muhim deb o‘ylayman.»
Susan Bruno
Coastal Contours Spa Owner & Esthetician
Angela Caglia
Nurse Jamie
Celebrity Esthetician
Dr. Jame Heskett
Owner of The Wellpath
Angela Caglia
Celebrity Facialist & Master Esthetician
HAR QANDAY YOSH VA TERI TURI MUOLAJALAR YILNING ISTALGAN VAQTIDA
Yoshi kattalar teri
Quruq teri
Geneo texnologiyasi va muolajaning shikast bermaydigan xususiyati yoshi katta terining elastikligini oshirishga, ajinlarni tekislashga va qarish belgilarini kamaytirishga yordam beradi.
Geneo terining namlikni ushlab turish xususiyatini yaxshilaydi va terining to‘sig‘ini mustahkamlaydi, quruq terining namlanishiga yordam beradi.
Muammoli teri
Maqsadli ingrediyentlardan foydalanadigan turli xil davolash usullari sababli Geneo husnbuzar chiqadigan va suvi qochgan terini davolashda, giperpigmentatsiyani kamaytirishda va boshqa ko‘plab narsalarda yordam berishi mumkin.
Yog‘li teri
Antibakterial komponentlar kirlarni yo‘qotadi, akne bilan kurashadi va teri yog‘i ishlab chiqarilishini kamaytiradi. Geneo yog‘li teriga ega odamlar uchun ajoyib yechimdir.
O‘ta sezgir teri
Geneo – bu hech qanday sanchiqsiz, so‘rilmasiz yoki to‘qimalarni cho‘zib yuborishsiz o‘tadigan noinvaziv muolaja bo‘lib, uni terining har qanday turi uchun yetarlicha xavfsiz qiladi.
Aralash teri
Geneo muolajalarining 5 tasidan birini tanlang, aralash terini parvarishlash uchun mo‘ljallangan va uning holatini yaxshilashga yordam beradigan ingrediyentlarning kuchidan foydalaning.
Biz haqimizda matbuot
FIKR-MULOHAZALAR
BIRINCHI SALONIMDA GENEO QANCHALIK MUVAFFAQIYATLI BO‘LGANLIGINI KO‘RIB, IKKINCHI SALONIM UCHUN HAM YANA BITTA APPARAT SOTIB OLISHGA QAROR QILDIM.
Geneo – bu mening spa-markazimdagi yuqori texnologiyali parvarishlash muolajasi. Geneo bemorlarimga tez ta‘sir ko‘rsatayotgani va hatto bir haftadan keyin ham bu natija saqlanib qolayotgani menga yoqmoqda - ularning terisi sezilarli darajada namlanib, elastiklashmoqda! Shuningdek, men Geneo’ni mayin sho‘ralash ta’siri uchun ham yaxshi ko‘raman. Muammoli teri uchun Balance protokoli mening bemorlarim orasida eng mashhur hisoblanadi. Geneo muolajalari doimo natija berishini bizning kosmetologlarimiz xush ko‘radi.
Bemorlar deyarli darhol terining teksturasi va ohangida yaqqol yaxshilanishlarni sezmoqdalar. Birinchi salonimda Geneo qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lganini ko‘rib, ikkinchi salonim uchun ham yana bitta apparat sotib olishga qaror qildim.

Francesca Jessica Lyuis, Cosmetic Center markazi egasi, Delray Beach, Florida (AQSh).
USHBU MUOLAJA ERKAKLAR UCHUN HAM MOS KELADI, MEN ULARDAN AJOYIB FIKRLAR OLYAPMAN.
Bugungi kunda bemorlar shifokor-kosmetologga aniq bir so‘rov bilan murojaat qilishadi. Ijtimoiy hayot davri o‘z qoidalarini belgilamoqda: ko‘plab bemorlar reabilitatsiya uchun vaqt ketkazishga tayyor emas. Ular kosmetik muolajalar og‘riqsiz va vizual tomondan sezilarsiz bo‘lishini xohlashmoqda.
Geneo apparati – bu sizga ko‘p yillar davomida terining funksionalligini saqlashga imkon beradigan va bir vaqtning o‘zida to‘rtta texnologiyani birlashtirgan noyob mashinadir.
Ushbu muolajaning yengilligi va qulayligi, hamda tiklanish davrining yo‘qligiga qaramay, u sezilarli natija beradi.
Men uchun Geneo – bu sehrli qurol.
Chunki yoshartirish jarayonini boshlash uchun nafaqat fibroblastlarni agressiv muolajalar bilan tezlashtirish, balki ularni ozuqa moddalari bilan ta’minlash, moddalar almashinuvining tugayotgan mahsulotlarini chiqarib tashlash va hujayralar faolligi uchun qulay sharoitlarni yaratish ham kerak. Geneo bularning barchasini ta’minlab beradi va yosh terining sifatini – barcha biologik xususiyatlarini saqlab qolgan terini qo‘llab-quvvatlaydi. Shunday qilib, Geneo zamonaviy ayollarning qarishiga emas, balki yildan-yilga chiroylilashishga yordam beradi. Ushbu muolaja erkaklar uchun ham mos keladi, men ulardan ajoyib fikrlar olyapman.

Nikkerova-Onopriyeva Mariya, dermatolog, Belle Vie klinikasining kosmetologi, Krasnodar shahri.
GENEO – ENG SAMARALI VA TALABGOR APPARAT USULLARINING JUDA OMADLI BIRLASHUVI.
Men Geneo apparatini klinikamda deyarli 4 yildan beri har kuni ishlatib kelmoqdaman. Va o‘ylashimcha bu haqiqatan ham eng samarali va talabgor apparat usullarining juda omadli birlashmasi. Shifokor-fizioterapevt va o‘qituvchi sifatida men ishonch bilan ayta olamanki, ushbu qurilmaning ixcham hajmiga qaramay, u haqiqatan ham kuchli va samarali parametrlarga ega.
Men Geneo’ni agressiv muolajalarga tayyorgarlik ko‘rish va keyinchalik reabilitatsiya qilish uchun tez-tez ishlatib turaman. Shuningdek, noinvaziv karboksiterapiya va sonoforez texnologiyalarining dolzarbligini ham ta’kidlab o‘tmoqchiman.
Yuqori chastotali ultratovush kapsuladagi muhim moddalarni terining chuqur qatlamlariga yuborishga imkon beradi – fizioterapevt sifatida mening o‘ylashimcha, kirish chuqurligi taxminan 1 sm.

Aksenenko Irina Pavlovna, Dr.Aksenenko klinikasi direktori, Moskva shahri.
BU JUDA HAM FOYDALI INVESTITSIYA!
Bizning markazimizda yuzni parvarishlash haqida gap ketganda 30% dan ortiq hollarda Geneo qo‘llaniladi. Bularning barchasi atigi bitta muolajadan keyin kuzatiladigan uning tez va uzoq muddatli natijalari tufayli. Bu uslub sarmoyangizni juda tez qaytarishga imkon beradi! Geneo muolajasi juda ham sodda va daromadli hisoblanadi, bu ish vaqtingizdan samarali foydalanishga imkon beradi.
Geneo yangi texnologiyalarni xush ko‘radigan bemorlar uchun mos va muolajaning keng qirraliligi sababli u nafaqat yuz, balki tanadagi terini ham yaxshilashni xohlaydigan odamlarni jalb qilishga imkon beradi. Ushbu muolaja terini parvarishlash uchun individual yondashuvni taklif qiladi. Bemorlar Geneo muolajasidan keyin terisi qanday ko‘rinishga ega bo‘lganligini ko‘rib lol qolishadi. Va menga ham Geneo birgina seansning o‘zida juda ko‘p foyda ko‘rsatishi yoqadi.
Bundan tashqari, sarflanuvchi materiallarni to‘ldirish juda oson va sizda har qanday teri turiga ega mijozlar uchun keng imkoniyatlar mavjud bo‘ladi. Parvarishlashdan tashqari, biz Geneo muolajasidan mikro ignalar, terini sho‘ralash va IPL’dan ikki hafta oldin terini tayyorlash uchun ham foydalanamiz.

Jennifer Rose, kosmetolog, spa-markazi estetisti, R3 Health Esthetician, Palm Beach, Florida.
BIRINCHI SEANSDAN KEYINOQ BEMORLAR TERINING SEHRLI PORLASHINI TA’KIDLASHADI
Men apparatli uslublarni juda yaxshi ko‘raman, chunki ular juda yaxshi ta’sir o‘tkazadi, ta’sirni kuchaytirish orqali ularni aralashtirib ishlatish ham mumkin. Aynan sinergizm ta’siri texnologiyasi – nafaqat menga, balki mening bemorlarimga ham yoqqan Geneo apparatining asosiy afzalliklaridan biri.
Birinchi muolajadan so‘ng bemorlar terining sehrli porlashi va muolajalar kursidan keyin – uning uzoq muddatli natijasini ta’kidlaydilar. Shuningdek, men Geneo’ni agressiv muolajalarga tayyorlash va reabilitatsiya qilish dasturida ham qo‘llayman.

Chikovani Inna Ramazovna, shifokor-kosmetolog, dermatolog, fizioterapevt. «Atribeaute Clinique» klinikasi mutaxassisi, Sankt-Peterburg shahri.
USHBU APPARAT MENGA BIZNES EGASI SIFATIDA KATTA FOYDA KELTIRMOQDA.
Professionallar sifatida biz bozordagi yangi qurilmalardan darhol foydalanishga qaror qilmaymiz. Shunga qaramay, Geneo yuzni parvarishlash bo‘limimizning eng yaxshi muolajasiga aylandi, chunki uni klinikada ishlatish iqtisodiy jihatdan foydali edi. Geneo’ning foyda marjasi hozirda ko‘plab qurilmalarga qaraganda yuqori.
Shuning uchun ushbu investitsiyani amalga oshirishga qo‘rqmang, siz uni tezda oqlaysiz. Mijozlarning natijadan xursand bo‘lish darajasi bizning kutganimizdanda oshishda davom etmoqda. Shunday qilib bizda ushbu davolanish uslubini qo‘llash va uni marketing tomondan targ‘ib qilish to‘g‘risida hech qanday shubha qolmadi. Geneo – bu turli xil teri kamchiliklarini bartaraf etadigan va hatto ba’zi teri kasalliklarini davolay oladigan bozordagi eng so‘nggi texnologiya.
Muolajadan so‘ng siz darhol sezilarli natijalarni ko‘rasiz. Yuzni parvarishlash uchun har birimizga kerak bo‘ladigan narsa – qulay, ammo yoshartirish jarayonini tezlashtiruvchi va terining nafas olishini yaxshilaydigan ta’sir. Geneo’da hech kimga yoqmaydigan narsaning o‘zi yo‘q, shuning uchun bemorlar moddalar va davolash protokollaridan mamnun bo‘lishadi. Ular bizning davolanish xonamizdan chiqishdan oldin muolajaning qulayligi, olingan qiymat va muolajadan keyin o‘z terining umumiy taassurotidan hayratda qolishadi. Avvaliga ushbu apparatga sarmoya kiritishdan qo‘rqishingiz mumkin, ammo bu naqadar ajoyib qaror bo‘lganini tez tushunib yetasiz. Geneo mening biznesimning muvaffaqiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, chunki bu parvarishlash uslubi har bir mehmonimiz uchun foydalidir. U haqiqatan ham ajoyib, ayniqsa olti xil davolash to‘plamlari bilan.
Ushbu apparat menga biznes egasi sifatida katta foyda keltirmoqda.

Nikol Romero, NuAge Spa asoschilaridan biri, Rancho Ladera, Kaliforniya shtati (AQSh), estetist.
GENEO MUOLAJASI PROVAYDERI BO‘LISHNI XOHLAYSIZMI?
Geneo mutaxassisidan konsultatsiya olish uchun hoziroq ariza qoldiring!
Geneo muolajalarini qayerda olish mumkinligini bilmoqchimisiz?
Made on
Tilda