Geneo OxyPod kapsulalari muolajali gel bilan reaksiyaga kirishib, teri yuzasida karbonat angidrid pufakchalarini hosil qiladi. Bunga javoban kislorod tomirlardan chiqarilib, teri hujayralariga yuboriladi. Bu hujayraviy nafas olishni oshirish va terining yangilanishi uchun barcha sharoitlarni yaratishning eng tabiiy va xavfsiz usulidir. OxyPod kapsulalari terining yuqori qatlamidagi o‘lik to‘qimalarini tozalaydi va uni silliq hamda tekis qiladi.
AFZALLIKLARI
Yuzdagi poralarni tozalaydi va to‘qimalarini tekislaydi
Hujayralarni tiklash va regeneratsiyalashga yordam beradi
Geneo OxyPod kapsulasi Geneo Primer Gel bilan reaksiyaga kirishadi, natijada terining yuqori qatlamlari yumshoq eksfoliatsiyalanadi, o‘lik hujayralar yo‘qoladi va kir bilan to‘lib-toshgan poralar tozalanadi. Terining rangi va yuzasi yanada silliqlashadi.
Teridagi kislorod darajasining oshishiga yordam beradigan tabiiy reaksiyani tiklash va yangilash jarayonlarini yo‘lga qo‘yish.
Teringizni moddalarni o‘zlashtirishga tayyorlaydi
Patentlangan oksigenatsiya texnologiyasi terini ichkaridan oziqlantirish va o‘zgartirishga ideal sharoitlarni yaratish maqsadida organizmni tabiiy ravishda kislorod miqdorini oshirishga majburlaydi.
Mikrosirkulyatsiyani tezlashtiradi
Terining yuzasiga ozuqa moddalarini yetkazib berish va toksinlarni yo‘q qilish tezligini oshirish orqali ma’lum bir joyda qon aylanishini tezlashtiradi.
Tabiiy, yuqori samarali moddalar
Har bir Geneo OxyPod kapsulasi faol bo‘lmagan holatdagi moddalarni saqlaydi, bu ularning biologik xususiyatlarini zardobga qaraganda yaxshiroq saqlashga imkon beradi.
Sanchiqsiz, og‘riqsiz va tiklanishsiz
Geneo oksigenatsiya va eksfoliatsiya muolajasi teri uchun hech qanday zararsiz va noqulayliklarsiz o‘tadi. Terini kislorod bilan to‘yintirish va mikrosirkulyatsiyani tezlashtirishga qaratilgan ta’siri klinik jihatdan isbotlangan.
02/04
LIFTING
RF energiyasi to‘qimalarga yuboriladi va tanaga aylanadi, teri hujayralari faollashib, kollagen, elastin va gialuron kislotasining sintezi yo‘lga qo‘yiladi.
AFZALLIKLARI
Kuchli faollashtiruvchi signal
Hech qanday kuyib qolish va qiyinchiliksiz
TriPollar RF’ning issiqlik ta‘siri teri hujayralarini – fibroblastlarni faollashtiradi. Eski shikastlangan elementlar yo‘q qilinadi, ularning o‘rnida yangi kollagen, elastin va terining tarangligi hamda elastikligini ta’minlaydigan boshqa elementlar sintezlanadi.
O‘rnatilgan datchik doimiy ravishda teri haroratini kuzatib boradi va muolajaning to‘liq xavfsizligini ta’minlaydi. Bu muolaja davomida og‘riqlarning minimal xavfi va kuyib qolishning oldini olish kafolatidir.
Lifting’ning tez ta’siri
Qizdirilishi sababli kollagen tolalarining bir qismi qisqaradi va teri zichlanib, tortiladi. Yuzning konturlari muolaja vaqtidayoq o‘zgaradi, yuzingizga esa yosh tashqi ko‘rinish va go‘zallik qaytadi.
Uzoq muddatli natijalar
Muolajalar kursi vaqtida yangi kollagen sintezining faollashishi bir necha oy davomida saqlanib turadigan lifting va ajinlarni tekislash ta’siriga olib keladi. Qo‘shimcha muolajalar esa terining qarishini bir necha yillarga sekinlashtiradi.
Noqulayliklarsiz
TriPollar RF texnologiyasi issiqlikni katta chuqurlikka qaratadi, bunday holda terining yuzasi qizib ketmaydi. Muolaja mutlaqo og‘riqsiz va noqulayliklarsiz o‘tadi, ko‘pchilik uchun jarayon hatto yoqimli ham bo‘lishi mumkin.
03/04
OZIQLANISH
Ultratovushli to‘lqinlar terini bir zumda tekislaydigan, teridagi himoya qatlamining mustahkamligini oshiradigan va ozuqa moddalarining yaxshiroq o‘zlashtirilishini ta’minlaydigan mikrovibratsiyalarni hosil qiladi.
AFZALLIKLARI
Terini samarali oziqlantirish
Faol moddalarning o‘zlashtirilishini kuchaytirish maqsadida terining himoya qatlamining o‘tkazuvchanligini oshiradi.
Tabiiy yuqori samarali moddalar
Geneo zardoblari tarkibi terining ma’lum bir muammolarini hal qilishga qaratilgan faol moddalarni o‘z ichiga oladi.
Yaxshilangan mikrosirkulyatsiya
Qizdiruvchi va tinchlantiruvchi tuyg‘uni ta’minlaydi, qon aylanishini yaxshilaydi va terini tekislaydi.
04/04
MASSAJ
Geneo NeoMassage orombaxsh massaji yuzni tekislaydi, qizargan va shishgan joylarni bir zumda kamaytiradi. Toksinlar va metabolizm mahsulotlarini teridan chiqarib tashlaydi.
AFZALLIKLARI
Limfodrenajni rivojlantiradi
Muolajaning oxirgi bosqichida yoqimli massaj limfodrenajni tezlashtiradi, qizargan va shishgan joylarni kamaytiradi. Muolaja yakunlanganidan so‘ng darhol odatdagi kundalik ishlaringizni boshlashingiz mumkin.
Metabolizm mahsulotlarini chiqarib tashlaydi
Muolajaning avvalgi bosqichlarida hujayralarning faol ishlashi jarayonida hosil bo‘lgan almashinuv mahsulotlar va toksinlar limfa orqali chiqarib tashlanib, yo‘q qilinadi.
Mushaklardagi og‘riqni oldini oladi
Yosh va sog‘lom tashqi ko‘rinishga erishish uchun yuz va jag‘ qismidagi charchagan mushaklarini bo‘shashtiradi.
APPARAT
Geneo – bu terini kislorod bilan to‘yintiradigan va tabiiy jarayonni boshlaydigan yagona apparat texnologiyasi bo‘lib, terini ichkaridan oziqlantirish va yaxshilash uchun qulay sharoitlarni yaratadi. Mijozlaringizga og‘riqsiz va reabilitatsiyasiz tez hamda uzoq muddatli natijalarni taklif qiling.
Geneo – bu 6 xil turdagi muolaja bo‘lib, ularning har biri 6 ta omilni o‘z ichiga oladi va terining ma’lum bir muammolarini hal etadigan faol moddalardan foydalanadi. Hoziroq barqaror natija va yorqin ko‘rinishga ega bo‘ling.