Geneo klinikalari va salonlari, shuningdek ularning mijozlari natijalardan mamnun! Haqiqiy mutaxassislar va siz kabi oddiy odamlarning yoqimli fikrlari bilan tanishib chiqing.
Geneo’ning 5 ta davolash usuli va 6 xil ta’sir qilish omili bilan siz mijozlaringizning terini parvarishlash bo‘yicha istalgan ehtiyojlarini qondirish uchun eng yaxshi yechimga ega bo‘lasiz. Geneo muolajalari uchun aniq bir muammolarni hal qilishga mo‘ljallangan va muolajalar davomida teriga yuboriladigan tabiiy hamda yuqori samarali moddalar ishlatiladi.
Geneo muolajasi terini kislorod va tabiiy samarali moddalar bilan to‘yintirib, terini jonlantirishi sababli noyob hisoblanadi. Geneo’ning tezkor natijasi – bu toza, nurli teri. Bunday natijani hatto tushlik tanaffusida ham olish mumkin, chunki Geneo oldindan tayyorgarlikni talab qilmaydi va muolajadan keyin tiklanish ham shart emas!
Geneo OxyPod kapsulalari praymer-geli bilan reaksiyaga kirishib, terini kislorod bilan to‘yintirishning tabiiy jarayonini boshlaydi, kapsulalar teri yuzasini mayinlik bilan sho‘ralaydi. OxyPod tarkibida faol bo‘lmagan moddalar saqlanadi, shuning uchun ular zardob shaklida bo‘lganiga qaraganda samaraliroq. OxyPod tarkibida konservantlar, bo‘yoqlar, aromatizatorlar, paraben va glyutenlar mavjud emas. Ushbu kapsulalarni ishlab chiqish davomida hayvonlarda tajribalar o‘tkazilmagan.
Geneo faqat yuz uchun ishlatilmaydi! Geneo’ning har bir protokolidagi samarali moddalar tanadagi husnbuzarlarni davolashda, follikulyar keratozni tinchlantirishda, teri yog‘ini ishlab chiqarilishini tartibga solishda, ajinlarni tekislashda, terini quyosh nuriga tayyorlashda va hokazolarda yordam beradi.
Angela Caglia
Individuallishtirilgan muolajalar
Hech qanday reabilitatsiyasiz
OxyPod kuchi
Boshdan barmoq uchigacha porlang
«Menga hammasidan ham ko‘proq Geneo natijalari yoqadi. Men 25 yildan beri ishlayman, ammo reabilitatsiyasiz bunday samarali muolajani hech qachon ko‘rmaganman. Men mijozlarim doimo Geneo natijalaridan lol qolishlarini yoqtiraman: avvaliga ular hech qanday mo‘jiza kutmaydi, keyin esa ular qanday toza, nurli va tekis teriga ega ekanliklaridan juda ham xursand bo‘lishadi. Endi Geneo — bu mening muolaja xonamdagi maxfiy qurolim.»
«Agar siz hech qanday reabilitatsiya yoki noqulayliksiz tezda toza teriga ega bo‘lishni xohlasangiz, bu O‘SHA! Geneo terini sho‘ralash va kislorod bilan to‘yintirish qobiliyati tufayli mikrodermabraziyadan ustun turadi, bundan tashqari, Geneo – bu yog‘li va jonsiz teriga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan kuchli ingrediyentlar manbai hisoblanadi.»
«Geneo muolajasi – bu yuzni parvarishlash kelajagi va mashhur insonlarning eng sevimli muolajalaridan biridir. Geneo mikrodermabraziya muolajalarini va shunga o‘xshash eski maktab muolajalarining o‘rnini bosishi aniq.»
«Biz terini kislorod bilan to‘yintirish uchun uning eng chuqur qatlamlariga ta’sir o‘tkazamiz. Peptidlar va antioksidantlar terining yangilanishi va holatini yanada yaxshilashi uchun teri qatlamiga chuqurroq kirib borishi juda muhim. Shuning uchun men bemorlarim muolaja xonasidan chiqqanida oladigan dastlabki yorqin va nurli natija juda muhim deb o‘ylayman.»
Susan Bruno
Coastal Contours Spa Owner & Esthetician
Angela Caglia
Nurse Jamie
Celebrity Esthetician
Dr. Jame Heskett
Owner of The Wellpath
Angela Caglia
Celebrity Facialist & Master Esthetician
FIKR-MULOHAZALAR
BIRINCHI SALONIMDA GENEO QANCHALIK MUVAFFAQIYATLI BO‘LGANLIGINI KO‘RIB, IKKINCHI SALONIM UCHUN HAM YANA BITTA APPARAT SOTIB OLISHGA QAROR QILDIM.
Geneo – bu mening spa-markazimdagi yuqori texnologiyali parvarishlash muolajasi. Geneo bemorlarimga tez ta‘sir ko‘rsatayotgani va hatto bir haftadan keyin ham bu natija saqlanib qolayotgani menga yoqmoqda - ularning terisi sezilarli darajada namlanib, elastiklashmoqda! Shuningdek, men Geneo’ni mayin sho‘ralash ta’siri uchun ham yaxshi ko‘raman. Muammoli teri uchun Balance protokoli mening bemorlarim orasida eng mashhur hisoblanadi. Geneo muolajalari doimo natija berishini bizning kosmetologlarimiz xush ko‘radi. Bemorlar deyarli darhol terining teksturasi va ohangida yaqqol yaxshilanishlarni sezmoqdalar. Birinchi salonimda Geneo qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lganini ko‘rib, ikkinchi salonim uchun ham yana bitta apparat sotib olishga qaror qildim.
Francesca Jessica Lyuis, Cosmetic Center markazi egasi, Delray Beach, Florida (AQSh).
USHBU MUOLAJA ERKAKLAR UCHUN HAM MOS KELADI, MEN ULARDAN AJOYIB FIKRLAR OLYAPMAN.
Bugungi kunda bemorlar shifokor-kosmetologga aniq bir so‘rov bilan murojaat qilishadi. Ijtimoiy hayot davri o‘z qoidalarini belgilamoqda: ko‘plab bemorlar reabilitatsiya uchun vaqt ketkazishga tayyor emas. Ular kosmetik muolajalar og‘riqsiz va vizual tomondan sezilarsiz bo‘lishini xohlashmoqda. Geneo apparati – bu sizga ko‘p yillar davomida terining funksionalligini saqlashga imkon beradigan va bir vaqtning o‘zida to‘rtta texnologiyani birlashtirgan noyob mashinadir. Ushbu muolajaning yengilligi va qulayligi, hamda tiklanish davrining yo‘qligiga qaramay, u sezilarli natija beradi. Men uchun Geneo – bu sehrli qurol. Chunki yoshartirish jarayonini boshlash uchun nafaqat fibroblastlarni agressiv muolajalar bilan tezlashtirish, balki ularni ozuqa moddalari bilan ta’minlash, moddalar almashinuvining tugayotgan mahsulotlarini chiqarib tashlash va hujayralar faolligi uchun qulay sharoitlarni yaratish ham kerak. Geneo bularning barchasini ta’minlab beradi va yosh terining sifatini – barcha biologik xususiyatlarini saqlab qolgan terini qo‘llab-quvvatlaydi. Shunday qilib, Geneo zamonaviy ayollarning qarishiga emas, balki yildan-yilga chiroylilashishga yordam beradi. Ushbu muolaja erkaklar uchun ham mos keladi, men ulardan ajoyib fikrlar olyapman.
Nikkerova-Onopriyeva Mariya, dermatolog, Belle Vie klinikasining kosmetologi, Krasnodar shahri.
GENEO – ENG SAMARALI VA TALABGOR APPARAT USULLARINING JUDA OMADLI BIRLASHUVI.
Men Geneo apparatini klinikamda deyarli 4 yildan beri har kuni ishlatib kelmoqdaman. Va o‘ylashimcha bu haqiqatan ham eng samarali va talabgor apparat usullarining juda omadli birlashmasi. Shifokor-fizioterapevt va o‘qituvchi sifatida men ishonch bilan ayta olamanki, ushbu qurilmaning ixcham hajmiga qaramay, u haqiqatan ham kuchli va samarali parametrlarga ega. Men Geneo’ni agressiv muolajalarga tayyorgarlik ko‘rish va keyinchalik reabilitatsiya qilish uchun tez-tez ishlatib turaman. Shuningdek, noinvaziv karboksiterapiya va sonoforez texnologiyalarining dolzarbligini ham ta’kidlab o‘tmoqchiman. Yuqori chastotali ultratovush kapsuladagi muhim moddalarni terining chuqur qatlamlariga yuborishga imkon beradi – fizioterapevt sifatida mening o‘ylashimcha, kirish chuqurligi taxminan 1 sm.
Aksenenko Irina Pavlovna, Dr.Aksenenko klinikasi direktori, Moskva shahri.
BU JUDA HAM FOYDALI INVESTITSIYA!
Bizning markazimizda yuzni parvarishlash haqida gap ketganda 30% dan ortiq hollarda Geneo qo‘llaniladi. Bularning barchasi atigi bitta muolajadan keyin kuzatiladigan uning tez va uzoq muddatli natijalari tufayli. Bu uslub sarmoyangizni juda tez qaytarishga imkon beradi! Geneo muolajasi juda ham sodda va daromadli hisoblanadi, bu ish vaqtingizdan samarali foydalanishga imkon beradi. Geneo yangi texnologiyalarni xush ko‘radigan bemorlar uchun mos va muolajaning keng qirraliligi sababli u nafaqat yuz, balki tanadagi terini ham yaxshilashni xohlaydigan odamlarni jalb qilishga imkon beradi. Ushbu muolaja terini parvarishlash uchun individual yondashuvni taklif qiladi. Bemorlar Geneo muolajasidan keyin terisi qanday ko‘rinishga ega bo‘lganligini ko‘rib lol qolishadi. Va menga ham Geneo birgina seansning o‘zida juda ko‘p foyda ko‘rsatishi yoqadi. Bundan tashqari, sarflanuvchi materiallarni to‘ldirish juda oson va sizda har qanday teri turiga ega mijozlar uchun keng imkoniyatlar mavjud bo‘ladi. Parvarishlashdan tashqari, biz Geneo muolajasidan mikro ignalar, terini sho‘ralash va IPL’dan ikki hafta oldin terini tayyorlash uchun ham foydalanamiz.
Jennifer Rose, kosmetolog, spa-markazi estetisti, R3 Health Esthetician, Palm Beach, Florida.
BIRINCHI SEANSDAN KEYINOQ BEMORLAR TERINING SEHRLI PORLASHINI TA’KIDLASHADI
Men apparatli uslublarni juda yaxshi ko‘raman, chunki ular juda yaxshi ta’sir o‘tkazadi, ta’sirni kuchaytirish orqali ularni aralashtirib ishlatish ham mumkin. Aynan sinergizm ta’siri texnologiyasi – nafaqat menga, balki mening bemorlarimga ham yoqqan Geneo apparatining asosiy afzalliklaridan biri. Birinchi muolajadan so‘ng bemorlar terining sehrli porlashi va muolajalar kursidan keyin – uning uzoq muddatli natijasini ta’kidlaydilar. Shuningdek, men Geneo’ni agressiv muolajalarga tayyorlash va reabilitatsiya qilish dasturida ham qo‘llayman.
USHBU APPARAT MENGA BIZNES EGASI SIFATIDA KATTA FOYDA KELTIRMOQDA.
Professionallar sifatida biz bozordagi yangi qurilmalardan darhol foydalanishga qaror qilmaymiz. Shunga qaramay, Geneo yuzni parvarishlash bo‘limimizning eng yaxshi muolajasiga aylandi, chunki uni klinikada ishlatish iqtisodiy jihatdan foydali edi. Geneo’ning foyda marjasi hozirda ko‘plab qurilmalarga qaraganda yuqori. Shuning uchun ushbu investitsiyani amalga oshirishga qo‘rqmang, siz uni tezda oqlaysiz. Mijozlarning natijadan xursand bo‘lish darajasi bizning kutganimizdanda oshishda davom etmoqda. Shunday qilib bizda ushbu davolanish uslubini qo‘llash va uni marketing tomondan targ‘ib qilish to‘g‘risida hech qanday shubha qolmadi. Geneo – bu turli xil teri kamchiliklarini bartaraf etadigan va hatto ba’zi teri kasalliklarini davolay oladigan bozordagi eng so‘nggi texnologiya. Muolajadan so‘ng siz darhol sezilarli natijalarni ko‘rasiz. Yuzni parvarishlash uchun har birimizga kerak bo‘ladigan narsa – qulay, ammo yoshartirish jarayonini tezlashtiruvchi va terining nafas olishini yaxshilaydigan ta’sir. Geneo’da hech kimga yoqmaydigan narsaning o‘zi yo‘q, shuning uchun bemorlar moddalar va davolash protokollaridan mamnun bo‘lishadi. Ular bizning davolanish xonamizdan chiqishdan oldin muolajaning qulayligi, olingan qiymat va muolajadan keyin o‘z terining umumiy taassurotidan hayratda qolishadi. Avvaliga ushbu apparatga sarmoya kiritishdan qo‘rqishingiz mumkin, ammo bu naqadar ajoyib qaror bo‘lganini tez tushunib yetasiz. Geneo mening biznesimning muvaffaqiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, chunki bu parvarishlash uslubi har bir mehmonimiz uchun foydalidir. U haqiqatan ham ajoyib, ayniqsa olti xil davolash to‘plamlari bilan. Ushbu apparat menga biznes egasi sifatida katta foyda keltirmoqda.
Nikol Romero, NuAge Spa asoschilaridan biri, Rancho Ladera, Kaliforniya shtati (AQSh), estetist.
GENEO — DUNYO BO‘YLAB TALABGA EGA KOSMETOLOGIK APPARAT.
Men va mijozlarim Geneo’dan foydalananib hayratda qoldik. Qisqa vaqt ichida Geneo+ sizga yorqin, toza, oziqlangan va sog‘lom terini hech qanday og‘riqsiz hamda reabilitatsiyasiz olish imkonini beradi, bugungi kunda bu narsa juda muhimdir. Geneo uslubi bir nechta ta’sir qiluvchi omillarning aralashmasiga asoslangan bo‘lib, ularning har biri qarish jarayoninibg turli sabablarining oldini oladi. Natijada Geneo muolajasidan so‘ng biz terining ozuqa moddalari va oksigenatsiya bilan to‘yinganligini, terining tuzilishi va rangi yaxshilanishi hamda ajinlarni bir zumda tekislanishi va silliqlanishini sezishimiz mumkin. Geneo haqli ravishda ishonchni qozondi va eng sevimli hamda talabga ega parvarishlash muolajalaridan biriga aylandi!
Kerbs Valentina Pavlovna, shifokor-dermatolog
GENEO APPARAT PLATFORMASI KLINIKAMIZ MUTAXASSISLARINING ISHONCHINI TEZ QOZONDI.
Geneo apparat platformasi klinikamiz mutaxassislarining ishonchini tez qozondi, chunki birinchi muolajadan so‘ng biz har bir bemor darrov sezgan natijaga erishdik. Muolajalar kursi terining sifatini doimiy ravishda yaxshilaydigan natija berdi. Bemorlar muolaja paytida qulaylik va yoqimli his-tuyg‘ularni kechirishdi va oxirida ularning hammasi teri toza, tekis, tarang va yorqin bo‘lib qolganligini ta’kidlab o‘tishdi. Geneo hech kimni befarq qoldirmadi! Platforma taqdim etayotgan to‘rtta texnikaning barchasi yaxshi tarzda birlashtirilgan va bir-birini kamchiliklarini to‘ldiradi. Va har bir texnikaning asosida siz to‘liq mustaqil muolajalarni olib borishingiz mumkin. Ushbu imkoniyat bemorlar uchun moslashtirilgan va turli xil aralashmalarda retsept berish hamda individual terapevtik dasturlarni tuzish imkonini beradi. Va eng asosiysi turli xil narx toifalarida dasturlar tuzish imkoniyati ham mavjud.
Abdushukurova Malika Maksumovna, kosmetolog, inyektsion davolash usullari bo‘yicha mutaxassis. «Mikrogen» NPO AO’ning Relatoks preparati bo‘yicha tibbiy maslahatchisi.
MEN GENEO’NING TEZ VA SEZILARLI NATIJALARDAN JUDA MAMNUNMAN!
Tel-Avivdagi klinikamda men terining sifatini yaxshilash uchun Geneo texnologiyasidan foydalanaman. Men uzoq vaqt davomida kuzatilgan tez va sezilarli natijalardan juda mamnunman. Menimcha, Geneo terining tashqi ko‘rinishini chindan ham yaxshilaydigan klinik jihatdan tasdiqlangan texnologiyalar va eng so‘nggi formulalarni o‘zida birlashtirgan.
Sivan Merser, Dr. Sivan Merser klinikasi rahbari va bosh shifokori, Tel-Aviv shahri (Isroil).
BIZ GENEO APPARATINI SOTIB OLGANIMIZDAN JUDA HAM XURSANDMAN!
Biz Geneo apparatini sotib olganimizdan juda ham xursandman. Bir narsani ta’kidlab o‘tishni istardimki, sotib olish paytida biz uni faqat yoshartirish maqsadida ishlatmoqchi edik – terini tekislash, namlash va hokazo. Ammo uning ta’sir qilish usullarini, muolaja davomida ishlatiladigan maxsus gellar va kapsulalarning tarkibini batafsil o‘rganib chiqib, biz ushbu apparatni dermatozlarni: akne, postakne, rozatseyani davolash uchun ishlatishimiz mumkin degan xulosaga keldik. Va ma’lum bo‘lishicha, muolaja haqiqatan ham kuchli terapevtik ta’sirga ega. Terining chuqur tozalanishi, to‘qimalar nafas olishi yaxshilanishi, yallig‘lanish va qizarish kamayishi, dog‘lar yo‘qolishi va terining tuzilishi yaxshilanishi mumkin. Bir necha oylik davolanish kursidan so‘ng biz doimiy akne remissiyasini ko‘ryapmiz. Rozatseyani davolash uchun M22 bilan aralashtirib qo‘llaganimizda, biz hatto qiyin holatlarda ham ideal toza teriga erishmoqdamiz.
Anisimova Alyona Sergeyevna, «Эстетика» tibbiyot markazi mutaxassisi, Cheboksari shahri
BIZ INYEKSION PLATSENTAR USULLARINI GENEO APPARATLI TEXNOLOGIYALARI BILAN BIRLASHTIRISHGA QAROR QILDIK.
Biz klinikamiz tomonidan keng qo‘llaniladigan inyeksion platsentar usullarini Geneo apparatli texnologiyalari bilan birlashtirishga qaror qildik. Bu uchun biz o‘zimizning klinik protokollarimizni yaratdik. Natija ajoyib — amaliyot bu kabi birlashtirilgan uslub to‘qimalarning regenerativ imkoniyatlarini oshirishga va anti-age ta’sirlarning oshishiga olib kelishini ko‘rsatdi. Terapiya natijasida bemor platsentar gidrolizatiga asoslangan dorilarning tizimli ta’siri tufayli organizmni har tomonlama yoshartiradi va yosh bilan bog‘liq teri o‘zgarishlarining ko‘pini yo‘qotadi.
Bryantseva Olga Yevgenyevna, dermatovenerolog, kosmetolog, RHANA tibbiyot korporatsiyasining o‘quv-uslubiy markazi direktori.
BEMORLARIMIZ USHBU MUOLAJANI DARHOL BAHOLADILAR.
Geneo apparati bizning klinikamizda 2018-yildan beri o‘rnatilgan. Bemorlarimiz samaradorlik va og‘riqsizlikning noyob aralashmasi tufayli ushbu muolajani darhol baholaganliklarini ayta olaman. Bemorning hissiyotlariga ko‘ra, Geneo’ni haqiqatan ham spa-muolajasi deb atash mumkin. Ajoyib natija turli xil ta’sir nuqtalariga — teri, gipoderma, SMAS’ga qaratilgan texnologiyalarning sinergiyasi tufayli ta’minlanadi. Shuningdek, bemorlarni jalb qiladigan narsa bu darhol natija. Biz Geneo’ni plastik operatsiyasidan keyin ham ishlatamiz, bu reabilitatsiya uchun ajoyib imkoniyatdir. Klinikalar egalari uchun Geneo’ning foydasi — bu brendli muolaja bo‘lib, reklama va SMM xarajatlarini kamaytiradi. Bundan tashqari, ushbu apparatdagi muolajalar yil davomida o‘tkazilishi mumkin, ya’ni apparat bo‘sh turmaydi.
Nomchula Doynur Kan-oolovich, Aldan klinikasining kosmetologiya bo‘limi boshlig‘i, Tuva Respublikasi Qizil shahri
UNING IXCHAM KORPUSIDA BIR NECHTA SUPER-QURILMALARNING QUVVATI «BERKITILGAN»
Klinikamiz mutaxassislari go‘zallik bozorining barcha yangiliklarini diqqat bilan kuzatib boradilar. Bemorlarimiz uchun biz eng yaxshisi, sinovdan o‘tgan va eng samaralisini taqdim etamiz. Geneo+ bizning eng qiyin tanlovimizdan muvaffaqiyatli o‘tdi va bizga «Beauty Space Clinic»ning barcha mehmonlariga maksimal darajada samarali va xavfsiz muolajalarni taqdim etish imkonini berdi. Uning ixcham korpusida bir nechta super qurilmalarning quvvati «berkitilgan» va natijalar jiddiy klinik tadqiqotlar bilan tasdiqlangan. Ushbu qurilma xavfsiz, qulay va hech qanday tirtiqsiz kafolatlangan natijani beradi – bu faol va o‘ziga qarab yuradigan zamonaviy ayolga kerak bo‘ladiganlarning barchasi.
Savruxina Larisa Aleksandrovna, «Beauty Space Clinic» klinikasi kosmetologi, Moskva shahri
YUZDAGI CHARCHOQ DOG‘LARI TO‘LIQ YO‘QOLADI
Geneo+ ko‘p funksiyali platformasida terini yoshartirish, oqartirish va teri sifatini yaxshilash bo‘yicha kompleksli muolaja KallistoMed klinikasida mashhur va yuqori talabga ega muolajalardan biriga aylandi. Bemorlarimiz qulaylik, yoqimsiz og‘riqlarning yo‘qligi, istalgan mavsumda qo‘llanilishi va atigi bir seansdan keyingi yaxshi natija uchun ushbu muolajani yoqtirib qolishdi. Bir soatlik muolajada to‘rtta fizioterapevtik usullarning aralashmasi va hech qanday tiklanish davri yo‘qligi sababli darhol «wow-natijaga» erishiladi. Yuzdagi charchoq izlari to‘liq yo‘qoladi, teri yorqin, toza va elastiklashadi, bu esa muolajani «eng zo‘ri» ga aylantiradi. Ko‘p hollarda bizga qizlar to‘y, tug‘ilgan kun, bitiruv kechasi va boshqa muhim voqealar oldidan «tezkor» parvarishlash va go‘zallik baxsh etish so‘rovi bilan murojaat qilmoqdalar. Atigi bitta muolajaning natijasini ko‘rib, bemorlar yorqin va uzoq vaqt davomida saqlanib turadigan Geneo+ apparatining yoshartiruvchi dasturlar kursiga tashrif buyurishmoqda.
GENEO KO‘P HOLLARDA SPA-MUOLAJASI SIFATIDA QABUL QILINADI.
Geneo haqida birinchi marta men doimiy mijozim – shifokor-anesteziologdan eshitdim, u ushbu muolajani Qozon shahridagi klinikalaridan birida o‘zida sinab ko‘rganidan so‘ng, terining hujayralari yangilangani va yuzi silliqlashganidan lol qolgan ekan. Uning ijobiy fikrlarini eshitib, internetda Geneo apparati haqida ma’lumot topib, menda uni sotib olish g‘oyasi paydo bo‘ldi. Bu men uchun yetarlicha jiddiy sarmoya bo‘lishiga qaramay, men barcha jamg‘armalarimni investitsiya qilishga qaror qildim, bundan keyin hech qachon bu ishim uchun afsuslanmadim. Muolajani Instagram sahifamda faol targ‘ib qilishim tufayli, men bemorlarning doimiy oqimini yaratishga muvaffaq bo‘ldim va 7 oy ichida apparatni sotib olishga ketgan xarajatlarimni oqladim. Men o‘tkazgan tahlil shuni ko‘rsatdiki, Geneo paydo bo‘lishi bilan mening kosmetologik kabinetimning foydasi ikki baravar oshishiga olib keldi. Bugungi kunda bu o‘zimning tajribamdagi eng yaxshi muolaja, chunki u inyeksiyasiz va agressiv ta’sir ko‘rsatmasdan har qanday teri turini yoshartirishi mumkin. Menga yoqqan tarafi boshqa ko‘plab texnikalardan farqli o‘laroq, Geneo apparati SPA-muolajasi sifatida qabul qilinadi, bu esa ish kunidan so‘ng dam olish imkoniyatini beradi. Shuningdek barcha bemorlarim, shu jumladan 50 yoshdan yuqori bo‘lgan toifasi, terini tortilishi, uning ohangi, tuzilishi yaxshilanishi, va yuzdagi dog‘lar yo‘qolayotganini qayd etdilar. Shaxsiy tajribamga kelsak bir narsani aytishim mumkin, Geneo apparatida yuzimni parvarishlash menga muntazam ravishda hech qanday ignasiz ham terimni yaxshi holatda saqlashga imkon bermoqda.
GENEO PLATFORMASI IJTIMOIY TARMOQLARDA JUDA YAXSHI YORITILDI.
Geneo platformasi ijtimoiy tarmoqlarda juda yaxshi yoritildi. Shu sababli uning klinikamizda paydo bo‘lishi mijozlar orasida shov-shuvga sabab bo‘ldi, chunki ular ushbu texnologiyani ko‘plab bloggerlarda ko‘rishgan hamda o‘zlari ham sinab ko‘rmoqchi bo‘lishgan. Klinika direktorlari uchun bu katta bonusdir, chunki ushbu apparat o‘ziga qiziqish uyg‘otadi. Bemorlar Geneo muolajalariga oldindan, hatto klinikada apparat paydo bo‘lishidan oldin yozilishardi. Dastlab biz ushbu platformani parvarishlash muolajasi sifatida ko‘rib chiqayotgan edik, ammo u ba’zi estetik muammolarni davolashda ham yaxshi natijalarga erishishga qodir ekanligi ma’lum bo‘ldi. OxyGeneo oksigenatsiya bosqichi uchun asos bo‘lgan «bor» effekti nafaqat teri ohangini yaxshilaydi, balki shuningdek u giperpigmentatsiya va kuperoz uchun samarali tibbiy ta’sirga ega hamda IPL-terapiyasi yordamida qishda erishgan natijalarimizni saqlashga ham yordam beradi. Shuningdek menga Geneo’ning qiziqarli tarkibga ega o‘ziga xos muolaja to‘plamlari ham juda yoqadi.
Mardar Dina, Bis Estetic salonining direktori, Lumenis kompaniyasi murabbiyi, Kishinyov shahri (Moldova)
APPARATLI MUOLAJALAR O‘RTASIDA GENEO ENG YOQIMLISI.
Menimcha, apparatli muolajalar orasida Geneo eng yoqimlisi, bemorlar uni sinab ko‘rib, rohatlanishmoqda. 95% bemorlar ushbu muolajani 25 yoshdan boshlab olishlari mumkin, chunki u terining fiziologik tiklanishiga qaratilgan. Bemorlarning ta’kidlashicha, teri yumshoqqina bo‘lib, teri hujayralari nafas olishni boshlamoqda. Bu terining yorqin va toza ko‘rinishini talab qilinadigan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun eng qulay variant. Men ham doimo agressiv usullardan avval bir nechta Geneo muolajalarini bajaraman va bunday ta’sirdan so‘ng reabilitatsiya vaqtini qisqartirish va natija davomiyligini uzaytirish uchun muolajalarni takrorlayman. Shuningdek, Geneo ukollarni yoqtirmaydigan yoki ko‘karish va shishishlardan charchagan bemorlar uchun biorevitalizatsiya hamda mezoterapiyaning og‘riq va inyeksiyasiz o‘rnini bosadigan alternativa hisoblanadi.
Makarova Yelena Vladimirovna, «Эпилайк» klinikasining mutaxassisi, Moskva shahri. Dermatovenerolog, kosmetolog.
GENEO APPARATI HAR BIR KLINIKADA BO‘LISHI KERAK
Geneo apparati keng maydonda ishlashga imkon beradi — bu nafaqat terining qurishi, foto- va xronoqarish, balki bu chandiqlar, ikkinchi iyak va pigmentatsiyadir. Biz 20 yoshdan o‘tgan bemorlarga Geneo muolajasini qo‘llaymiz, chunki bizga so‘nggi paytlarda biriktiruvchi to‘qima displazidan aziyat chekayotgan ko‘plab bemorlar kelishmoqda. Ko‘p tarmoqli klinikamizda Geneo kabi apparatimiz bo‘la turib, biz doimo bemorimizni qaytib kelishi imkoniyati va uning klinikamizga bo‘lgan sodiqligini oshirishimiz mumkin. Chunki sodiqlik va motivatsiya muolajaning samaradorligi hamda xavfsizligi haqida bo‘lgan taassurot asosida shakllanadi, ushbu apparat esa samarali, xavfsiz, juda qulay muolajalarni amalga oshirishga imkon beradi, va u kelajak uchun yaxshi istiqbolga ham ega. Shuning uchun men kosmetolog va bosh shifokor sifatida Geneo apparati barcha mezonlarga javob bera olishi va har bir klinikada bo‘lishi shart deb o‘ylayman.
Skosareva Marina Yuryevna, «Kallisto Med» klinikasining bosh shifokori, (Sankt-Peterburg).
MEN UCHUN GENEO — BU SEHRLI QUROL!
Bugungi kunda bemorlar shifokor-kosmetologga aniq bir so‘rov bilan murojaat qilishadi. Ijtimoiy hayot davri o‘z qoidalarini belgilamoqda: ko‘plab bemorlar reabilitatsiya uchun vaqt ketkazishga tayyor emas. Ular kosmetik muolajalar og‘riqsiz va vizual tomondan sezilarsiz bo‘lishini xohlashmoqda. Ushbu muolajaning yengilligi va qulayligi, hamda tiklanish davrining yo‘qligiga qaramay, u sezilarli natija beradi. Men uchun Geneo – bu sehrli qurol. Chunki yoshartirish jarayonini boshlash uchun nafaqat fibroblastlarni agressiv muolajalar bilan tezlashtirish, balki ularni ozuqa moddalari bilan ta’minlash, moddalar almashinuvining tugayotgan mahsulotlarini chiqarib tashlash va hujayralar faolligi uchun qulay sharoitlarni yaratish ham kerak. Geneo bularning barchasini ta’minlab beradi va yosh terining sifatini – barcha biologik xususiyatlarini saqlab qolgan terini qo‘llab-quvvatlaydi. Shunday qilib, Geneo zamonaviy ayollarning qarishiga emas, balki yildan-yilga chiroylilashishga yordam beradi. Ushbu muolaja erkaklar uchun ham mos keladi, men ulardan ajoyib fikrlar olyapman.
Mariya Nikkerova-Onopriyeva, Belle Vie klinikasi mutaxassisi, Krasnodar shahri.
MEN GENEO APPARATINI 2019-YILDAN BERI ISHLATAMAN.
O‘z amaliyotimga asoslanib, Geneo muolajasi bir martalik hamda kurs qo‘llanilishida ham o‘zini yaxshi ko‘rsatmoqda. Teri yanada elastiklashadi, yorqinlashadi, giperpigmentatsiya kamayadi, terining rangi yorug‘lashadi — teri porlashni boshlaydi. Men uni boshqa apparat usullari bilan birgalikda tez-tez qo‘llab turaman: ablativ pardozdan bir necha kun oldin, fototerapiya muolajalari o‘rtasida va fototerapiya muolajasidan oldin. Bu olingan natijalarni yaxshilashga va reabilitatsiya jarayonini tezlashtirishga yordam beradi. Shuningdek u kosmetik muolaja dog‘lari bilan jamoat joylarida paydo bo‘la olmaydigan yulduz insonlar va inyeksiyani yoqtirmaydiganlar uchun terini chuqur parvarishlash hamda namlash uchun ajoyib imkoniyatdir. Shu bilan birga Geneoni inyeksiyali muolajalar bilan bemalol aralashtirib qo‘llash va teri hujayralarini faol moddalarni maksimal darajada so‘rishga tayyorlashga yordam beradi. Men kosmetologlarga biorevitalizatsiya va mezoterapiyadan oldin ularning ta’sirini kuchaytirish maqsadida ushbu apparatdan foydalanishni maslahat beraman.
Aliyeva Raziyat Aliyevna, Premium Aesthetics klinikasi mutaxassisi, Moskva shahri.
SEZILARLI TEZ NATIJA
Geneo muolajasi oxirida terim to‘liq porlay boshladi. U ichkaridan davolanayotganini sezib men o‘zimni yaxshi his qila boshladim.
Beauty News NYC
YUZNI PARVARISHLASH UCHUN KELAJAK MAHSULOTI
Menimcha, Geneo apparati — bu asosan parvarishlash muolajalar kelajagi. Mashhur insonlar orasida eng sevimli muolaja bu Geneo elanligini aytishim mumkin. Ushbu muolaja klassik mikrodermabraziya o‘rnini aniq bosa oladi.
Jeymi, mashhur insonlarning shaxsiy kosmetologi
VAQTNI TEJASH UCHUN ENG ZO‘R YECHIM
Menga Geneo — bu bir nechta muolajalar to‘plami ekanligi yoqadi. Ish vaqtingizga qarab Geneo muolajasining protokolini tanlash imkoniyati o‘z vaqtingizni yanada samarali o‘tkazishga imkon beradi. Siz muolajani 30 daqiqa, 1 soat yoki bir yarim soatda tugatishingiz mumkin.
Natalya Moreno, estetist va «Spa Bar Miami» egasi
BU MENING MAXFIY QUROLIM!
Geneo muolajasida menga ko‘proq uning natijasi yoqadi. 25 yillik ish tajribam davomida men hech qachon tiklanish davrida «jamiyatdan cheklanib qolishni» talab qilmaydigan bu kabi samarali davolanish uslubini uchratmaganman. Mijozlarimning ushbu muolaja samaradorligiga bo‘lgan reaksiyasi ham meni quvontiradi — ular terilari naqadat toza, tekis va yorqinlashayotganidan juda xursand. Geneo – bu mening muolaja xonamdagi maxfiy qurolim.
Anjela Kalya, yuzni parvarishlash bo‘yicha mashhur insonlarning shifokori
TERINING CHUQUR QATLAMLARIGA YAXSHI TA’SIR
Geneo muolajasi aslida terining chuqur qatlamlariga ta’sir qilishi va ularni kislorod bilan to‘yintirishi mumkin. Peptid va antioksidantlarning teriga chuqurroq kirib borishi, teri holatini uzoq muddat davomida yaxshilab turishi uchun juda muhimdir. Bu teriga o‘sha barchamiz xohlagan yorqinlikni baxsh etadi.
Syuzan Bruno, estetist va «Coastal Contours» SPA-salonining egasi
YORQIN TERIGA TEZ ERISHMOQCHI BO‘LGANLAR UCHUN PARVARISHLASH USULI
Agar siz hech qanday noqulaylik va tiklanish davrisiz darhol terining yorqinligiga erishmoqchi bo‘lsangiz, bu aynan siz uchun! Geneo’ning sho‘ralash qobiliyati mikrodermabraziyadan ustun turadi, shu bilan birga terini kislorod bilan to‘yintiradi, transdermal yo‘l bilan yuborilgan zardoblar yordamida terining yog‘li va jonsiz ko‘rinishga qarshi kurashadi.
Doktor Jeym Xeskett, The Wellpath egasi
NOZIK VA O‘TA SEZGIR TERI UCHUN AJOYIB MUOLAJA
Geneo haqiqatan ham nozik va sezgir teri uchun ajoyib vosita. Bu mikrodermabraziyadan keyin terida qichishish muammosi bo‘lgan bemorlar uchun ajoyib imkoniyatdir.
Doktor Sheyla Nazaryan, plastik jarroh va plastik jarrohlik klinikasi egasi
O‘ZINGIZ GUVOH BO‘LISHINGIZ MUMKIN BO‘LGAN TEZ VA UZOQ MUDDATLI NATIJALAR
Geneo — bu muolajadan so‘ng nafaqat darhol, balki uzoq muddatli natijalarni o‘zingiz ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan noyob apparat. Mijozlarimiz uchun asosiy afzalliklardan biri shundaki, ular Geneo muolajasidan keyin salondan chiqishayotganda boshqa insonlar hech qanday kosmetik ta’sir izlarini sezmaydilar. Ular shunchaki oldida chiroyli va yorqin teriga ega odamni ko‘rishadi.
Joyi Taverneze, estetist va JTAV Clinical Skincare egasi
BEMORLAR YORQIN TERI BILAN CHIQISHI MUMKIN BO‘LGAN MUOLAJA.
Geneo tezkor natija beradi: muolajadan so‘ng bemorlar yorqin teriga ega bo‘ladilar. Odamlarga natija yoqmoqda – shuning uchun ham bu parvarishlash usuli mashhur hisoblanadi.
Trifecta Med Spa
UZOQ MUDDATLI YOSHARTIRUVCHI TA’SIR
Geneo terini sho‘ralaydi va uni kislorod hamda ozuqa moddalari bilan to‘yintiradi. Kollagen ishlab chiqarilishini ko‘paytirishga yordam beradigan bu usul terini tekislash, elastiklash, tozalash va to‘yintirishga yordam beradi hamda uzoq muddat davomida qarishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
Hollyday Med Spa
BU AQL BOVAR QILMAS NARSA: GENEO FAOL MODDALARI
Geneo klassik mikrodermabraziya bilan taqqoslasha oladigan va bemorlarimiz boshqa apparatdan foydalanganimizda sezmagan eksfoliatsiya effektini beradi. Transdermal yo‘li bilan yetkazib beriladigan zardobdagi ozuqaviy moddalarga boy faol moddalar — bu aql bovar qilmaydigan narsadir.
Hollyday Med Spa
GENEO — BU MARKAZIMIZDAGI Nº1 YUZNI PARVARISHLASH TEXNIKASI
Ushbu muolajaning ilmiy asoslarini o‘rganayotganimda Geneo meni hayratda qoldirdi. Geneo – bu markazimiz bemorlari va xodimlari orasida Nº1 yuzni parvarishlash uslubi hisoblanadi, u fotoqarish belgilarini kamaytirishga yoki shunchaki maxsus tadbirga tayyorgarlik ko‘rishga imkon beradi.
Gardens Dermatology & Cosmetic Center
BU NOYOB MUOLAJA!
Geneo barcha go‘zallik muolajalari orasida ajralib turishi tabiiy hol. Boshqa hech qanday muolaja unga teng kelolmaydi, chunki Geneo har qanday yoshdagi istalgan mijozga mos keladigan ilmiy tadqiqotlar va qayta-qayta tasdiqlangan texnologiyalarni taklif etmoqda. Geneo apparatida ish olib borib, men teri qatlamiga zarar bermayman, muammoli teri yoki mo‘rt tomirlariga ega bemorlarga ham hech qanday zarar yetkazmayman.
Jeymi Jeraminas, estetist va Brio Skin Studio egasi
GENEO — BU YUZNI PARVARISHLASHGA BO‘LGAN SARMOYANING MAKSIMAL FOYDASI
Geneo muolajalariga bo‘lgan xarajatlardan siz maksimal darajada foyda olasiz! Eksfoliatsiya, kislorod bilan to‘yintirish, terini namlash va to‘qinalarni yangilash – bularning barchasini salonimizga bir bora tashrif buyurib olish mumkin. Biz OxyPod kapsulalarini to‘g‘ri qo‘llash orqali hech qanday reabilitatsiyasiz teridagi aniq bir muammoni hal qilishimiz mumkin.
Jeymi Jeraminas, estetist va Brio Skin Studio egasi
BU YUQORI SIFATLI INNOVATSION PARVARISHLASH VOSITASI
Geneo’da sizga yoqmasligi mumkin bo‘lgan hech narsa yo‘q. Bu yuqori sifatli innovatsion parvarishlash vositasi. Bemorlarimiz ingrediyentlar va davolash protokollaridan juda ham mamnun. Men hatto mijozlarimning reaksiyasi yoki salbiy tajribalar haqida ham tashvishlanishim shart emas
Nikol Romero, NuAge spa-saloni egasi
YUZNI PARVARISHLASH BO‘YICHA AYNAN SIZ ORZU QILGAN MUOLAJA
Geneo — bu turli xil teri kamchiliklarini bartaraf etadigan va hatto ba’zi teri kasalliklarini davolaydigan bozordagi eng so‘nggi texnologiya. Muolajadan so‘ng siz sezilarli natijalarni ko‘rasiz. Har bir insonga yuzni parvarishlashda kerak bo‘ladigan narsalar - bu qulay, va qarishni sekinlashtiruvchi hamda terining gidratatsiyasini oshiradigan ta’sir.
Nikol Romero, NuAge spa-saloni egasi
GENEO BIZNESIMNING O‘SISHIGA SABAB BO‘LDI
Geneo biznesimning muvaffaqiyatiga yaxshi ta’sir berdi, chunki bu parvarishlash uslubi har qanday bemorimiz uchun foydali bo‘ldi. Ayniqsa u oltita davolash to‘plamlari bilan haqiqatan ham zo‘r. Bu apparat menga, ya’ni biznes egasiga katta foyda keltirmoqda.
Nikol Romero, NuAge spa-saloni egasi
GENEO’DAN KEYINGI TERI KO‘RINISHI VA SIFATI BEMORLARGA YOQMOQDA
Geneo muolajasidan so‘ng mijozlarimiz terining ko‘rinishi va o‘zini qanday his qilishidan juda mamnun. Bu sezilarli natijalar beruvchi orombaxsh muolaja. Siz DARHOL toza, tarang, yorqin va tekis teriga ega bo‘lasiz.
Beverli Perri, V/O Med Spa Richardson’ning mintaqaviy menejeri
OROM MUHITIDA YUMSHOQ VA NAMLANGAN TERI.
Mening mijozlarim orombaxsh muhitda yaratiladigan ajoyib natijalarni olishlari mumkin. Ko‘pincha men ularga oyna beraman va terilaridagi kislorod pufakchalarini ko‘rsataman. Yuz mushaklarining bo‘shashishiga yordam beradigan Neo Massage muolajasi ham barchani hayratda qoldirmoqda. Muolaja tugallangandan so‘ng, siz teringizning sifatidan qoyilmaqom his-tuyg‘ularni boshdan kechirasiz — teringiz yumshoq va namlangan bo‘lib qoladi!
Keti Bell Glendi, estetist va The Skin Society egasi
TEZKOR TA’SIRGA EGA MUOLAJALARDAN BIRI
Geneo parvarishi — Spa in The City mehmonlarining sevimli muolajasidir! Geneo muolajasidan so‘ng mijozlarimizning ko‘rinishi bizga juda yoqadi. Bu muolaja tezkor ta’sir ko‘rsatishi sababli hamma undan mamnun. Muolajadan so‘ng teri darhol yorqin, tekis va juda silliq bo‘lib qoladi.
Jozanna Stivens, estetist va Spa in The City egasi
SIZ PORLAY BOSHLAYSIZ!
Menda ikki kundan keyin to‘y rejalashtirib qo‘ygan mijozlarim bor. Ular mikroignali lifting olishni xohlashadi, ammo men ularga bir gapni aytaman: «Xavotir olmang, menda yaxshiroq yechim bor. Geneo muolajasini qo‘llaymiz. Siz porlay boshlaysiz. Ingrediyentlar teringizga yaxshiroq so‘riladi va makiyajingiz yanada yaxshiroq ko‘rinadi."
Natalya Moreno, estetist va Bar Miami egasi
MIJOZLARIMIZ UCHUN ENG YAXSHI VARIANT.
Xoh har kunga, xoh maxsus bayram uchun bo‘lsin, ammo bu aynan bizning mijozlarimizga kerak bo‘ladigan muolaja.
Spa Gregories
YUZNI PARVARISHLASH BO‘YICHA «ENG SO‘NGGI» YANGILIK
Geneo – bu yuzni parvarishlash bo‘yicha eng so‘nggi yangilik. Mashhur va oddiy odamlar yoshroq ko‘rinish uchun ushbu muolajadan foydalanadi. Muolaja mutlaqo xavfsiz, tezkor natija beradi va bemorning millati hamda terining fototuridan qat’i nazar hammaga mos keladi.
Spa Gregories
TERINING TUZILISHI VA OHANGI YAXSHILANISHI
Men Geneo’ni yumshoq sho‘ralash effekti uchun ham yaxshi ko‘raman. Muammoli teri uchun Balance protokoli bemorlarim orasida eng mashhur muolaja hisoblanadi. Har bir Geneo yuzni parvarishlash muolajasi yaxshi natija olish bilan bog‘liqligi bizga yoqadi. Bemorlar darhol terining tuzilishi va ohangida sezilarni yaxshilanishlar bo‘lganini ko‘radi!
Doktor Francheska Lyuis Delrey, dermatolog va Cosmetic Center egasi
SPA-MARKAZIDA YUZNI IT-PARVARISHLASH.
Geneo — bu spa-markazimdagi yuqori texnologiyali yuzni parvarishlash uslubi. Geneo bemorlarimga tezkor ta’sir ko‘rsatishi va hatto bir hafta davomida teri yaxshilanishi davom etadi - ularning terisi sezilarli darajada namlanadi va elastiklashadi! Geneo’ning birinchi salonimdagi muvaffaqiyatini ko‘rib, ikkinchi markazim uchun ham yana bir apparat sotib olishga qaror qildim!
Doktor Francheska Lyuis Delrey, dermatolog va Cosmetic Center egasi
GENEO — BU INDIVIDUAL YONDASHUV.
Mijozlarim Geneo yuzni parvarishlash muolajasiga kelganlaridan so‘ng, ular hech qachon undan voz kecha olmay qoladilar. Har bir mehmon uchun eng mos protokolni tanlash mumkin. Men turli xil estetik kamchiliklarni to‘g‘rilash muolajalari bo‘yicha mutaxassisman va o‘ylashimcha, Geneo kapillyarlar va terining yuzasiga zarar yetkazmasligi bilan ham eng zo‘r muolaja hisoblanadi. Bundan tashqari, muolajadan keyingi terining porlashi juda ham chiroyli ko‘rinadi!
Jessika Ingles, estetist va Bare Beauty go‘zallik studiyasining egasi
MUHIM TADBIRDAN OLDIN YUZNI ENG YAXSHI PARVARISHLASH USULI
Geneo muolajasini boshdan kechirgan har qanday bemor uning natijasiga darhol bog‘lanib qoladi va turgan joyida qo‘shimcha muolajalarga ham yozilib qo‘yadi. Biron bir tadbirdan oldin bemorlarimiz teri tezroq porlashi uchun Geneo yuzni parvarishlash muolajalariga kelishni yaxshi ko‘radilar. Menga terining tozaligi, tuzilishi va seansdan keyingi ohangi yoqadi.
Jennifter Burud-Loden, Dallas Surgicial Arts Esthetician
MIJOZLARIMIZ ENDI ULAR HAYOTIDAGI ENG ZO‘R TERIGA EGA ELANLIGINI TA’KIDLASHMOQDA
Biz Geneo’ni sevamiz! Bu kabi parvarishlash usuli boshqa yo‘q. Mijozlarimiz Geneo muolajasidan keyin hayotlaridagi eng yaxshi teriga ega bo‘lganliklarini aytishdi. Ushbu apparatdan foydalanish oson va u mijozlarni qaytib kelishiga sabab bo‘ladi!
Syuzan Bell, IntegraLife Spa direktori va egasi
GENEO MATBUOTDA
Sizni yozgi ta’tilga tayyorlovchi yuzni parvarishlash bo‘yicha 3 ta muolaja.
Yuzingiz uchun SPA-muolajalari: Eng mashhur variantlar bo‘yicha yo‘lko‘rsatkich.
Geneo yuzni parvarishlash haqida siz bilishingiz kerak bo‘lgan barchasi