Geneo Glam terining tarangligini yaxshilash va tiklash hamda unga chiroy baxsh etish uchun mos keladi. Ushbu muolaja terining himoya qoplamasini mustahkamlaydi, kollagen va namlikning kamayishini oldini oladi, yuz to‘qimalarini yanada elastiklashtiradi.
Teri yaxshiroq tiklanishi uchun teri to‘qimalari yangilinishini tezlashtiradi.
Ajinlar va qarishning yaqqol belgilarini keltirib chiqaradigan erkin radikallardan himoya qilish maqsadida teri qoplamasini mustahkamlaydi.
Namlikni oshiradi
Teriga namlikni ushlab turishga, teri yuzasini tekislashga hamda taranglik va elastikligini saqlab qolishga yordam beradigan vitaminlar aralashmasini o‘z ichiga oladi.
GLAM OXYPOD MUHIM MODDALAR
OxyPods texnologiyasi terining yuzasida CO₂ ga boy sharoit yaratadi, bunga javoban organizm teri hujayralariga kislorod yuboradi. Bu hujayraviy nafas olishni oshirish va terining yangilanishi uchun barcha sharoitlarni yaratishning eng tabiiy usulidir. OxyPods terining yuqori qatlamidagi o‘lik to‘qimalarini tozalaydi va uni silliq hamda tekis qiladi.
Oltin zarralari
Terining elastikligini oshiradi va kollagen yo‘qolishini oldini olishga yordam beradi, teri qoplamasini sezilarli darajada taranglashtiradi va mustahkamlaydi
Ipak aminokislotalari
Teri qoplamasini kuchaytiradi, terini namlaydi va teri to‘qimalarining ishlashini tezlashtiradi, shu bilan qarish belgilarini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi.
Mis
Yallig‘lanishga qarshi kuchli antioksidant hisoblanib, kollagen sintezida, chandiq va yuzdagi dog‘larni davolashda, ajinlarni yo‘qotishga va teri to‘qimalarining yangilanishida ishtirok etadi. Tashqi omillar va iflosliklarning teriga bo‘lgan zararli ta’sirini oldini oladi.
GLAM ZARDOBI: MUHIM MODDALAR
Geneo zardoblari Geneo muolajalarining har biri uchun maxsus ishlab chiqilgan va ma’lum bir muammolarni hal qiladigan yuqori samarali tabiiy moddalarni o‘z ichiga oladi. Va u moddalar kislorodga to‘yingan hamda tozalangan teriga ultratovush va texnologiyalari yordamida yuboriladi.
Na’matak yog‘i
Hujayra devorining mustahkamligini saqlashga, namlikni ushlab turishga, kollagen yangilanishini tezlashtirishga, terini tozalashga, terining ohangini yaxshilashga va chandiqlarni kamaytirishga yordam beradigan ko‘plab muhim yog‘ kislotalarini o‘z ichiga oladi.
Marula yog‘i
Terini namlash, mayda ajinlarni tekislash va erkin radikallarga qarshi kurashish uchun antioksidantlar, aminokislotalar va takrorlanmas yog‘ kislotalarini o‘z ichiga oladi.
Gialuron kislotasi
Terining namlanishini yaxshilaydi va nozik mimik ajinlar ko‘rinishini kamaytiradi, terining yuzasida namlikni saqlaydi («suv zahirasi» vazifasini bajaradi)
GENEO GLAM QANDAY MUAMMOLARNI HAL QILADI?
ANTI-AGE
Kollagen ishlab chiqarilishini tezlashtiradi va ajinlar hamda qarish belgilarining ilk sabablaridan biri bo‘lgan erkin radikallardan terini himoya qilish uchun uning qoplamasini mustahkamlaydi.
QO‘POL TEKSTURA
Yangi kollagen va boshqa tarkibiy oqsillarni ishlab chiqarish yordamida terining elastikligini oshiradi, yuzning tuzilishi va teksturasini silliqlashtiradi.
XIRALASHGAN RANG
Yuzda hosil bo‘lgan xira rangni yo‘qotadi, yuzingizdan yorqin nurli taralishini tiklaydi, terining elastikligi va silliqligini oshiradi, teriga joziba qo‘shadi.
APPARAT
Geneo – bu terini kislorod bilan to‘yintiradigan va tabiiy jarayonni boshlaydigan yagona apparat texnologiyasi bo‘lib, terini ichkaridan oziqlantirish va yaxshilash uchun qulay sharoitlarni yaratadi. Mijozlaringizga og‘riqsiz va reabilitatsiyasiz tez hamda uzoq muddatli natijalarni taklif qiling.
BIRINCHI SALONIMDA GENEO QANCHALIK MUVAFFAQIYATLI BO‘LGANLIGINI KO‘RIB, IKKINCHI SALONIM UCHUN HAM YANA BITTA APPARAT SOTIB OLISHGA QAROR QILDIM.
Geneo – bu mening spa-markazimdagi yuqori texnologiyali parvarishlash muolajasi. Geneo bemorlarimga tez ta‘sir ko‘rsatayotgani va hatto bir haftadan keyin ham bu natija saqlanib qolayotgani menga yoqmoqda - ularning terisi sezilarli darajada namlanib, elastiklashmoqda! Shuningdek, men Geneo’ni mayin sho‘ralash ta’siri uchun ham yaxshi ko‘raman. Muammoli teri uchun Balance protokoli mening bemorlarim orasida eng mashhur hisoblanadi. Geneo muolajalari doimo natija berishini bizning kosmetologlarimiz xush ko‘radi. Bemorlar deyarli darhol terining teksturasi va ohangida yaqqol yaxshilanishlarni sezmoqdalar. Birinchi salonimda Geneo qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lganini ko‘rib, ikkinchi salonim uchun ham yana bitta apparat sotib olishga qaror qildim.
Francesca Jessica Lyuis, Cosmetic Center markazi egasi, Delray Beach, Florida (AQSh).
USHBU MUOLAJA ERKAKLAR UCHUN HAM MOS KELADI, MEN ULARDAN AJOYIB FIKRLAR OLYAPMAN.
Bugungi kunda bemorlar shifokor-kosmetologga aniq bir so‘rov bilan murojaat qilishadi. Ijtimoiy hayot davri o‘z qoidalarini belgilamoqda: ko‘plab bemorlar reabilitatsiya uchun vaqt ketkazishga tayyor emas. Ular kosmetik muolajalar og‘riqsiz va vizual tomondan sezilarsiz bo‘lishini xohlashmoqda. Geneo apparati – bu sizga ko‘p yillar davomida terining funksionalligini saqlashga imkon beradigan va bir vaqtning o‘zida to‘rtta texnologiyani birlashtirgan noyob mashinadir. Ushbu muolajaning yengilligi va qulayligi, hamda tiklanish davrining yo‘qligiga qaramay, u sezilarli natija beradi. Men uchun Geneo – bu sehrli qurol. Chunki yoshartirish jarayonini boshlash uchun nafaqat fibroblastlarni agressiv muolajalar bilan tezlashtirish, balki ularni ozuqa moddalari bilan ta’minlash, moddalar almashinuvining tugayotgan mahsulotlarini chiqarib tashlash va hujayralar faolligi uchun qulay sharoitlarni yaratish ham kerak. Geneo bularning barchasini ta’minlab beradi va yosh terining sifatini – barcha biologik xususiyatlarini saqlab qolgan terini qo‘llab-quvvatlaydi. Shunday qilib, Geneo zamonaviy ayollarning qarishiga emas, balki yildan-yilga chiroylilashishga yordam beradi. Ushbu muolaja erkaklar uchun ham mos keladi, men ulardan ajoyib fikrlar olyapman.
Nikkerova-Onopriyeva Mariya, dermatolog, Belle Vie klinikasining kosmetologi, Krasnodar shahri.
GENEO – ENG SAMARALI VA TALABGOR APPARAT USULLARINING JUDA OMADLI BIRLASHUVI.
Men Geneo apparatini klinikamda deyarli 4 yildan beri har kuni ishlatib kelmoqdaman. Va o‘ylashimcha bu haqiqatan ham eng samarali va talabgor apparat usullarining juda omadli birlashmasi. Shifokor-fizioterapevt va o‘qituvchi sifatida men ishonch bilan ayta olamanki, ushbu qurilmaning ixcham hajmiga qaramay, u haqiqatan ham kuchli va samarali parametrlarga ega. Men Geneo’ni agressiv muolajalarga tayyorgarlik ko‘rish va keyinchalik reabilitatsiya qilish uchun tez-tez ishlatib turaman. Shuningdek, noinvaziv karboksiterapiya va sonoforez texnologiyalarining dolzarbligini ham ta’kidlab o‘tmoqchiman. Yuqori chastotali ultratovush kapsuladagi muhim moddalarni terining chuqur qatlamlariga yuborishga imkon beradi – fizioterapevt sifatida mening o‘ylashimcha, kirish chuqurligi taxminan 1 sm.
Aksenenko Irina Pavlovna, Dr.Aksenenko klinikasi direktori, Moskva shahri.
BU JUDA HAM FOYDALI INVESTITSIYA!
Bizning markazimizda yuzni parvarishlash haqida gap ketganda 30% dan ortiq hollarda Geneo qo‘llaniladi. Bularning barchasi atigi bitta muolajadan keyin kuzatiladigan uning tez va uzoq muddatli natijalari tufayli. Bu uslub sarmoyangizni juda tez qaytarishga imkon beradi! Geneo muolajasi juda ham sodda va daromadli hisoblanadi, bu ish vaqtingizdan samarali foydalanishga imkon beradi. Geneo yangi texnologiyalarni xush ko‘radigan bemorlar uchun mos va muolajaning keng qirraliligi sababli u nafaqat yuz, balki tanadagi terini ham yaxshilashni xohlaydigan odamlarni jalb qilishga imkon beradi. Ushbu muolaja terini parvarishlash uchun individual yondashuvni taklif qiladi. Bemorlar Geneo muolajasidan keyin terisi qanday ko‘rinishga ega bo‘lganligini ko‘rib lol qolishadi. Va menga ham Geneo birgina seansning o‘zida juda ko‘p foyda ko‘rsatishi yoqadi. Bundan tashqari, sarflanuvchi materiallarni to‘ldirish juda oson va sizda har qanday teri turiga ega mijozlar uchun keng imkoniyatlar mavjud bo‘ladi. Parvarishlashdan tashqari, biz Geneo muolajasidan mikro ignalar, terini sho‘ralash va IPL’dan ikki hafta oldin terini tayyorlash uchun ham foydalanamiz.
Jennifer Rose, kosmetolog, spa-markazi estetisti, R3 Health Esthetician, Palm Beach, Florida.
BIRINCHI SEANSDAN KEYINOQ BEMORLAR TERINING SEHRLI PORLASHINI TA’KIDLASHADI
Men apparatli uslublarni juda yaxshi ko‘raman, chunki ular juda yaxshi ta’sir o‘tkazadi, ta’sirni kuchaytirish orqali ularni aralashtirib ishlatish ham mumkin. Aynan sinergizm ta’siri texnologiyasi – nafaqat menga, balki mening bemorlarimga ham yoqqan Geneo apparatining asosiy afzalliklaridan biri. Birinchi muolajadan so‘ng bemorlar terining sehrli porlashi va muolajalar kursidan keyin – uning uzoq muddatli natijasini ta’kidlaydilar. Shuningdek, men Geneo’ni agressiv muolajalarga tayyorlash va reabilitatsiya qilish dasturida ham qo‘llayman.
USHBU APPARAT MENGA BIZNES EGASI SIFATIDA KATTA FOYDA KELTIRMOQDA.
Professionallar sifatida biz bozordagi yangi qurilmalardan darhol foydalanishga qaror qilmaymiz. Shunga qaramay, Geneo yuzni parvarishlash bo‘limimizning eng yaxshi muolajasiga aylandi, chunki uni klinikada ishlatish iqtisodiy jihatdan foydali edi. Geneo’ning foyda marjasi hozirda ko‘plab qurilmalarga qaraganda yuqori. Shuning uchun ushbu investitsiyani amalga oshirishga qo‘rqmang, siz uni tezda oqlaysiz. Mijozlarning natijadan xursand bo‘lish darajasi bizning kutganimizdanda oshishda davom etmoqda. Shunday qilib bizda ushbu davolanish uslubini qo‘llash va uni marketing tomondan targ‘ib qilish to‘g‘risida hech qanday shubha qolmadi. Geneo – bu turli xil teri kamchiliklarini bartaraf etadigan va hatto ba’zi teri kasalliklarini davolay oladigan bozordagi eng so‘nggi texnologiya. Muolajadan so‘ng siz darhol sezilarli natijalarni ko‘rasiz. Yuzni parvarishlash uchun har birimizga kerak bo‘ladigan narsa – qulay, ammo yoshartirish jarayonini tezlashtiruvchi va terining nafas olishini yaxshilaydigan ta’sir. Geneo’da hech kimga yoqmaydigan narsaning o‘zi yo‘q, shuning uchun bemorlar moddalar va davolash protokollaridan mamnun bo‘lishadi. Ular bizning davolanish xonamizdan chiqishdan oldin muolajaning qulayligi, olingan qiymat va muolajadan keyin o‘z terining umumiy taassurotidan hayratda qolishadi. Avvaliga ushbu apparatga sarmoya kiritishdan qo‘rqishingiz mumkin, ammo bu naqadar ajoyib qaror bo‘lganini tez tushunib yetasiz. Geneo mening biznesimning muvaffaqiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, chunki bu parvarishlash uslubi har bir mehmonimiz uchun foydalidir. U haqiqatan ham ajoyib, ayniqsa olti xil davolash to‘plamlari bilan. Ushbu apparat menga biznes egasi sifatida katta foyda keltirmoqda.
Nikol Romero, NuAge Spa asoschilaridan biri, Rancho Ladera, Kaliforniya shtati (AQSh), estetist.